» » Gastrol-konsert va suxandonlik faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish mumkinmi?

Gastrol-konsert va suxandonlik faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish mumkinmi?


Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi to‘ylarda qo‘shiqchilik, suxandonlik, video-tasvirchilik va boshqa pullik xizmat ko‘rsatishning tartib-qoidalari bilan bog‘liq ma’lumotlarni “Daryo”ga taqdim etdi. Quyida soliq organlari xodimlaridan ko‘p so‘raladigan savollarga javoblar keltiriladi.

Gastrol-konsert, shu jumladan, suhandonlik faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish mumkinmi?

Yo‘q mumkin emas. Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatida konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish hamda tantanali marosimlarini tashkil etish xizmatlari belgilangan bo‘lib, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdai tadbirkorlar daromad solig‘i to‘lashdan ozod qilinib, har oyda faqat eng kam ish haqining bir varavari miqdorida sug‘urta badallari to‘lanishi belgilangan.

Tantanali marosimlarini tashkil etish xizmatlarini amalga oshirilishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa faoliyatini amalga oshiradigan hudud bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq hamda eng kam ish haqining bir varavaridan kam bo‘lmagan miqdorda sug‘urta badali to‘laydi.

To‘y va boshqa tantanali marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan san’atkorlar guruhining solistida litsenziya bo‘la turib, boshqa guruh a’zolariga alohida ushbu litsenziya bo‘lishi yoki davlat xizmatlari markazidan ro‘yxatdan o‘tib yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lishi shartmi?

Shart emas. Yuridik shaxsni tashkil etmasdan Oilaviy tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor (solist) o‘zining guruhiga yaqin qarindoshlarini (otasi, aka-ukalari) a’zo qilgan holda faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Ushbu holatda oilaviy tadirkorning a’zolari har oyda eng kam ish haqining yarim baravari miqdorida sug‘urta badali to‘laydilar.

Yoki, guruh rahbari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, 3 nafargacha bo‘lgan guruh a’zolarini yollanma ishchi sifatida ro‘yxatga kiritish orqali faoliyat ko‘rsatilishi qonunda nazarda tutilgan. Ushbu holatda ham yollanma ishchi sifatida kiritilgan 3 nafargacha guruh a’zolari har oyda eng kam ish haqining yarim barovarimiqdorida sug‘urta badallari to‘laydilar.

Litsenziya olmasdan ushbu faoliyat turi bilan qaysi tartibda shug‘ulansa bo‘ladi?

Tadbirkorlikning “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish” bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan taqdirda litsenziya talab qilinadi. “Tantanali marosimlarini tashkil etish xizmatlari”ni (to‘y, yubiley, tug‘ulgan kun va hokazo) amalga oshirilishi bo‘yicha davlat ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat ko‘rsatilsa, faoliyatni amalga oshiradigan hudud bo‘yicha qat’iy belgilangan (daromad) soliq va sug‘urta badali to‘lanadi.

To‘y va boshqa tantanali marosilarda aholiga suxandonlik, foto va video tasvirga tushurish xizmati bilan ham alohida YaTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat ko‘rsatish mumkinmi?

Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatida “Video va fotosuratga olish xizmatlari” faoliyatini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, ushbu faoliyat bilan ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatni amalga oshiradigan hudud bo‘yicha qat’iy belgilangan (daromad) soliq va sug‘urta badali to‘laydi.

Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda zamonaviy milliy estrada san’atini yanada rivojlantirish, estrada ijrochilarining professional mahoratini oshirish hamda iqtidorli yosh xonandalarni kashf etish uchun barcha zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Shuningdek, to‘ylar, yubileylar va boshqa tantanalarda konsert xizmatidan tashqari boshqa turdagi ya’ni, to‘y-xashamlarda boshlovchilik qilish, suratga olish va video-tasvirga tushirish xizmatilarini ham ko‘rsatish cheklanmagan.

Buning uchun ushbu xizmatni ko‘rsatuvchi shaxslarimiz amaldagi tartib bo‘yicha “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan berilgan litsenziyaga ega bo‘lib, har oy yakunida eng kam ish haqining bir baravari miqdorida sug‘urta badali to‘lovini to‘lashlari kerak.

“Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi san’atkorlarimiz murojaat bilan chiqib, letsenziyadan tashqari eng kam ish haqining bir baravari miqdorida sug‘urta badali to‘lovini to‘lashni bekor qilishni talab qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, eng kam ish haqining bir baravari miqdorida sug‘urta badali to‘lovi barcha fuqarolar, jumladan murojaat etuvchilarning ham kelgusidagi pensiya ta’minotini kafolatlashga qaratilgan.

Shunday ekan, hurmatli san’atkorlar, suxandon va boshlovchilar, tasvirchilar barcha-barchangizni amaldagi tartib va qoidalarga rioya kilib, joriy qilingan to‘lovlarni kechiktirmasdan to‘lashga chaqiramiz. Unutmang, siz to‘layotgan to‘lovlar soliq yig‘imlariga kirmaydi. Aksincha, ushbu mablag‘lar kelgusida o‘zingizga pensiya to‘lovlari sifatida qaytarib beriladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют