» » Namanganda avtobus ressori sinishi oqibatida betonga urildi va yonboshlab qoldi

Namanganda avtobus ressori sinishi oqibatida betonga urildi va yonboshlab qoldi


Shu yil 29-oktabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanida yashovchi B.M. boshqaruvida bo‘lgan Isuzi rusumli avtobusini “Namangan—Chortoq” yo‘lining 38-km da haydab ketayotib, avtobus old chap tomon ressori sinib ketishi natijasida boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, avtobus yonboshlab qolgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada avtobus yo‘lovchilaridan bir nafari jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va yana ikki nafariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan.

Avtobusning qolgan 12 nafar yo‘lovchilari voqea joyida shifokorlar tomonidan nazorat tariqasida tekshirilib, sog‘-salomatligi tufayli uylariga ruxsat berildi. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют