» » “O‘zbekiston—Hindiston: madaniyatlar muloqoti” ko‘rgazmasi o‘z ishini yakunladi

“O‘zbekiston—Hindiston: madaniyatlar muloqoti” ko‘rgazmasi o‘z ishini yakunladi


Dehlida “O‘zbekiston—Hindiston: madaniyatlar muloqoti” ko‘rgazmasi o‘z ishini yakunladi. Bu haqda O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga davlat tashrifi arafasida Hindiston milliy muzeyida ochilgan ko‘rgazma bir oy — 25-sentabrdan 25-oktabrga qadar davom etdi.

Ko‘rgazma hind auditoriyasida katta qiziqish uyg‘otdi, unga 7 mingdan ortiq odam, jumladan, taniqli davlat va jamoat arboblari, olimlar, diplomatlar, OAVlari va akademik doiralar tashrif buyurdi.

Hindiston milliy muzeyi bir oy davomida O‘zbekiston va Hindiston xalqlarining diniy va madaniy qadriyatlarini namoyon etuvchi noyob qo‘lyozmalar va miniaturalarni tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola qildi.

Ko‘rgazmaning yopilish marosimi ham mehmonlarning keng davrasini to‘pladi. O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Farhod Arziyev tadbirda chiqish qila turib loyiha hamkorlari va tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi Hindiston milliy muzeyiga Mahatma Gandining O‘zbekistonda o‘zbek tilida chop etilgan “Mening hayotim” (The story of my life) asarini sovg‘a qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют