» » Adliya vazirligi 138 ta notarius lavozimiga tanlov e’lon qildi

Adliya vazirligi 138 ta notarius lavozimiga tanlov e’lon qildi


Adliya vazirligi respublika bo‘yicha 138 ta yangi ta’sis etilgan notarius shtat birliklariga tanlov e’lon qildi. Bu haqda vazirlikning Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Jumladan, Toshkent shahrida – 28 ta, Toshkent viloyatida – 17 ta, Samarqandda – 15 ta, Farg‘onada – 13 ta, Surxondaryoda – 12 ta, Andijon, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida – 9 tadan, Buxoro va Jizzax viloyatlarida – 6 tadan, Navoiyda – 5 ta, Namanganda – 4 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 3 ta hamda Sirdaryo viloyatida – 2 ta bo‘sh notarius lavozimiga tanlov o‘tkaziladi.

Tanlovda yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan, notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Shuningdek, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar stajirovka o‘tmasdan tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Xabarda qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda notariuslarning oylik lavozim maoshlari (barcha ustamalar va pullik xizmatlardan kelib tushadigan daromadlar bilan hisoblaganda, soliqlar to‘langandan so‘ng) 4 million so‘mni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 6 million so‘mni, Samarqand viloyatida 4 million so‘mni, Farg‘ona viloyatida 4,5 million so‘mni tashkil etmoqda. Ushbu maosh miqdori notarial idora tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmidan kelib chiqib yanada ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.

Tanlovda ishtirok etish shartlari bilan www.adliya.uz va www.insonvaqonun.uz rasmiy veb-saytlari orqali tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют