» » O‘zbekistonda ma’muriy sudlar 9 oy davomida 16,5 mingdan ortiq ishni ko‘rib chiqdi

O‘zbekistonda ma’muriy sudlar 9 oy davomida 16,5 mingdan ortiq ishni ko‘rib chiqdi


2018-yilning 9 oy mobaynida ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 16,5 mingdan ziyod ish ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi O‘zA.

2018-yilning 9 oy mobaynida ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 16,5 mingdan ziyod ish ko‘rib chiqildi. Buning natijasida 12,5 mingdan ortiq fuqaroning huquqi tiklandi, 57 mansabdor shaxsga intizomiy jazo qo‘llanildi.

 Aziz Obidov?, Oliy sudi rasmiy vakili

Ma’muriy sudlar tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha 344 mingdan ziyod shaxsga nisbatan 276 ming 461 ish ko‘rib chiqildi. Jumladan, 231 ming 809 nafar shaxsga nisbatan jarima, maxsus huquqdan mahrum etish, ma’muriy qamoq va O‘zbekiston hududidan chiqarib yuborish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanildi.

Ma’muriy sudlar tomonidan 160 ming 151 ish, ya’ni barcha ishlarning 57 foizdan ortig‘i sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, yo‘l harakati ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 43 ming 605 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy ishlar ko‘rib chiqildi. Shundan 4 ming 655 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi. 33,5 mingdan ziyod shaxs esa transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilindi.

Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 16 mingdan ziyod shaxsga nisbatan ma’muriy ishlar ko‘rib chiqildi. Shundan 13 ming 711 nafar shaxsga nisbatan jarima jazosi qo‘llanildi. Mingdan ortiq shaxs esa transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan.

Mast holda transport vositasini boshqarib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan 908 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy ishlar ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, Oliy sud Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 2 mingdan ziyod shikoyat va protestlar ko‘rib chiqildi. Shundan 445 tasi ish materiallari asosida o‘rganildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 36 qaror bekor qilindi va 33 sud qarori o‘zgartirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют