» » Andijonda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 42 ta kichik sex tashkil etildi

Andijonda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 42 ta kichik sex tashkil etildi


Andijon viloyatida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 42 ta kichik sex tashkil etilib, 1000 dan ortiq xotin-qiz ishga joylashtirilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tuman, shahar xotin-qizlar qo‘mitalaridan saylangan delegatlar, mutasaddi idoralar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etgan anjumanda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Manzura Yunusovaning hisoboti tinglandi.

Hisobotda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, reproduktiv salomatligini yaxshilash, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, og‘ir sharoitda yashayotgan ayollarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, oilalarni mustahkamlash, ajrimlarning, shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar ham tahlil qilinib, bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Anjuman ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Nizomiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Konferensiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi, shuningdek, respublika xotin-qizlar konferensiyasiga delegatlar saylandi. Bir guruh ilg‘or va faol xotin-qizlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют