» » Xitoy shirkati Farg‘onada yangi sement zavodi quradi

Xitoy shirkati Farg‘onada yangi sement zavodi quradi


Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida Xitoyning Beijing Triumph International Engineering shirkati qiymati 153 million AQSh dollariga teng yangi sement zavodi qurmoqda. Bu haqda tumani hokimi o‘rinbosari Murodjon Mansurov ma’lum qildi, deya xabar berdi “Turon 24”.

— Majmua tumandagi Sho‘rsuv qishlog‘ida qurilmoqda, — dedi Murodjon Mansurov. — Sababi, bu yerda ohaktosh va gil ko‘p. Loyiha “Qo‘qon yevro qurilish materiali” qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Joriy yilning 21-oktabrida boshlangan qurilish ishlari 2020-yilning yanvar oyiga qadar davom etadi. Korxona to‘la quvvat bilan ishlay boshlasa, yiliga 1 million tonna sement va 33 million kvadrat metr gipsokarton ishlab chiqariladi. Mingdan ziyod aholi doimiy ish bilan ta’minlanadi.

Majmuada ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют