» » “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi

“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi


Adliya vazirligi Xalqaro xamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda OAV xodimlari uchun “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunga bag‘ishlangan trening o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Chet ellik ekspert sifatida sudya Sh. Groskurt (Germaniya) taklif qilindi. Bundan tashqari, treningda mahalliy ekspertlar – Toshkent davlat yuridik universiteti va Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi o‘qituvchilari Bahrom Umarov va Jo‘rabek Ne’matov ishtirok etdi.

Trening davomida ma’muriy tartib-taomillarining asoslari, prinsiplari, ma’muriy tartib-taomillardagi ishtirok, ma’muriy tartib-taomillarning amalga oshirilishi, ma’muriy akt, ma’muriy akt ustidan shikoyat qilish tartibi va boshqa asosiy holatlarga e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash joizki, o‘z vaqtida “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan edi. Mazkur Qonun ma’muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma’muriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan litsenziya, ruxsat berish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi.

Qonun normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, soliqlar

va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish, davlat xizmatini o‘tash, referendumlar, saylovlar o‘tkazish, mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot sohasida, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, jinoiy majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat, sud ishini yuritish, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish sohasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qonunga muvofiq, ma’muriy tartib-taomil bu ma’muriy organlarning ma’muriy-huquqiy faoliyatini tartibga soluvchi protsessual qoidalar hisoblanadi.

Treninglar respublika bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют