» » O‘zbekistonda yosh olimlarining innovatsion loyihalari grant tanlovi boshlandi

O‘zbekistonda yosh olimlarining innovatsion loyihalari grant tanlovi boshlandi


O‘zbekiston yosh olimlar kengashining “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirokchilar loyihalarining taqdimoti o‘tkaziladi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining bakalavr, magistr, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarining ilmiy-nazariy hamda ilmiy- amaliy tadqiqotlarini natijadorligini oshirish, ishlab chiqarishga samarali joriy etish, ularning ilm-fan yutuqlariga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvatlashga qaratilgan mazkur tanlov aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilmoqda.

—Tanlovga 200 nafar hujjat topshirilgan bo‘lsa, ularning 100 tasi saralab olindi. Bugun tanlovning ijtimoiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha loyihalar taqdimoti baholandi. Bu yo‘nalishdagi loyihalar orasida muvaffaqiyatlilarini ham ko‘rdik. Tanlovga xalqaro darajadagi innovatsion loyihalar ham taqdim etilgan. Ishtirokchilar orasidan 3 nafar g‘olib saralab olindi, – deydi Yosh olimlar kengashi direktori Kamoliddin Mirzaahmedov.

Tanlovda g‘olib bo‘lmagan loyihalar ham e’tibordan chetda qolmaydi. Ularni yanada takomillashtirish uchun ilmiy-texnik laboratoriyalarga yo‘naltiriladi. U yerda loyiha shakllantiriladi va Innovatsion rivojlanish vazirligining xalqaro tanlovlariga yo‘naltiriladi.

Ma’lumot uchun, tanlovning 3 nafar loyiha g‘olibiga 10 million so‘mdan grant ajratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 00:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют