» » Ozbekistonda jinoiy jazolar tizimiga majburiy jamoat ishlari kiritilishi mumkin

Ozbekistonda jinoiy jazolar tizimiga majburiy jamoat ishlari kiritilishi mumkin


24-fevral kuni Ozbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bolib otdi. Bu haqdaOliy Majlis Qonunchilik palatasining axborot xizmatiga tayanib,OzA xabar bermoqda.

Majlisda Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taminlashga doir qoshimcha chora-tadbirlarning qabul qilinishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasi birinchi oqishda korib chiqildi.

Qonun loyihasida Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik- protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslariga va Sudlar togrisidagi hamda Prokuratura togrisidagi qonunlarga Xabeas korpus institutini qollash sohasini yanada kengaytirishga, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirishga qaratilgan ozgartish va qoshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Kiritilayotgan ozgartish va qoshimchalarga muvofiq jinoiy jazolar tizimiga majburiy jamoat ishlarining kiritilishi munosabati bilan qamoq tariqasidagi jinoiy jazo bekor qilinadi. Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlab turish, qamoqqa olish va uy qamogi tarzidagi ehtiyot choralarini qollash, dastlabki tergov, shuningdek, fuqarolik ishi boyicha sud qarorini nazorat tartibida qayta korib chiqish muddatlari qisqartirilmoqda.

Shuhrat Mamajonov, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qomitasi azosi

Mazkur huquqiy hujjatlarni muhokama qilish chogida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ozbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi vakillari sozga chiqdi va qonun loyihalari birinchi oqishda qabul qilindi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (25-02-2017, 22:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -