» » Namanganda XTB mudiri hokimning paxta terimiga xodimlarni yuborish talabiga bo‘ysunishdan bosh tortdi

Namanganda XTB mudiri hokimning paxta terimiga xodimlarni yuborish talabiga bo‘ysunishdan bosh tortdi


Namangan viloyatining Uychi tumanida xalq ta’limi xodimlarini paxta terimiga jalb etish holati oldi olindi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Uychi tumani hokimi xalq ta’limi bo‘limi mudiridan Toshkent viloyatiga bir nafardan maktablarning mavsumiy ishchilarini paxta terimiga yuborishni talab qilgan.

Shunda hokim tumanning barcha maktab direktorlarini to‘plab berishni va ular bilan suhbatlashishini aytgan. Maktab direktorlari bilan uchrashuv davomida tuman hokimi paxta terimiga bir nafardan xodim ta’minlab berish yuzasidan topshiriq bergan.

Vazirlik matbuot xizmati tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Sh.Murodov maktab rahbarlariga hokim topshirig‘ini bajarmaslik yuzasidan ko‘rsatma berib, xalq ta’limi xodimlarini paxta terimi jarayoniga jalb etish holatini oldini olganini bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil avgust oyida Uychi tumanida xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun “to‘rtlik” ishdan olingan hamda viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Muhammadayubxo‘ja Apaqov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют