» » Afg‘onistonda bortida parlament vakillari va harbiylar bo‘lgan vertolyot quladi. 25 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda bortida parlament vakillari va harbiylar bo‘lgan vertolyot quladi. 25 kishi halok bo‘ldi


Afg‘onistonning Farax viloyatidagi Anor Dara hududida harbiy vertolyot qulab, bortidagi 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Viloyat vakili Nosir Mehriyga ko‘ra, qulagan vertolyot yana bir harbiy vertolyot hamrohligida uchayotgandi. Parvoz davomida noqulay ob-havo bo‘lgani sababli uchuvchi boshqaruvni yo‘qotgan.

Ayni vaqtda, “Tolibon” vakili vertolyot jangarilar tomonidan urib tushirilganini da’vo qilmoqda.

Halokatga uchragan vertolyot bortida Farax viloyati parlamenti rahbari Farid Bakxtavar, ikki nafar deputat, Afg‘oniston armiyasining 207-korpusi qo‘mondoni bo‘lgani bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют