» » Andijonda kameral nazorat tadbirlari natijasida 62 milliard so‘mdan ortiq qo‘shimcha mablag‘ budjetga undirildi

Andijonda kameral nazorat tadbirlari natijasida 62 milliard so‘mdan ortiq qo‘shimcha mablag‘ budjetga undirildi


Andijon viloyatida joriy yilning 9 oyi davomida soliq to‘lovchilar faoliyatida o‘tkazilgan kameral nazorat natijasida davlat budjetiga qo‘shimcha 62 milliard 314 million so‘m soliq hamda budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga 21 milliard 699 million so‘mlik boshqa majburiy to‘lovlar undirildi. Bu haqda Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xususan, joriy yilning oktabr oyida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun Paxtaobod tumanida ajratilgan yer uchastkalarida tugallanmagan qurilish obyektlari mavjud bo‘lgan “Qo‘qon neft-gaz parmalash ishlari” AJ faoliyati bo‘yicha soliq idoralaridagi ichki va tashqi manba ma’lumotlari asosida kameral nazorat o‘tkazilganida jamiyat tomonidan 3 milliard 470 million so‘mlik yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i kam hisoblanganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda talabnoma yuborilib, jamiyatdan ushbu summa bo‘yicha qayta aniqlashtiruv hisoboti olindi. Hozirda davlat budjetiga qo‘shimcha hisoblangan mol-mulk solig‘i summasini belgilangan tartibda undirish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasining soliq sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi tomonidan Andijon shahridagi “Shinam qurilish jihozlari” MChJga qarashli savdo majmuasida xronometraj tadbirlari o‘tkazildi. Xronometraj yakuni bilan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida kameral nazoratdan o‘tkazilganda 2018-yilning I yarim yilligi davomida turg‘un savdo shoxobchalarini ijaraga berishdan olingan daromadlaridan 30 foizli soliq stavkasida 270 million so‘mlik yagona soliq to‘lovi kam hisoblanganligi aniqlandi. Jamiyat tomonidan ushbu qo‘shimcha hisoblangan yagona soliq to‘lovi summasi davlat budjetiga to‘lab berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют