» » “Konfetsiz kino”. “Salom, rashk” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto va video)

“Konfetsiz kino”. “Salom, rashk” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto va video)


Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Dilshoh media” kinokompaniyasi, prodyuser Mahmud Erkaboyev, hamda rejissor Begzod Joniyev tomonidan suratga olingan “Salom, rashk” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Jurnalist Feruz Muhammad “Daryo” uchun maxsus tayyorlangan “Premyera” loyihasi bilan mazkur premyerada mehmon bo‘ldi.

Filmda bosh rollarni Aziz Rametov, Sevara Soliyeva, Shahlo Zoirova, Said Muhtorov, Saida Rametova, Hamid Toshpo‘latov, Mashhura Zulfiqorova, Olim Jalolov singari aktyor va aktrisalar ijro etishgan.

Filmda bosh rollarni ijro etgan Bravo jamoasi a’zosi, aktrisa Shahlo Zoirova, Sevara Soliyevalar boshqa filmning suratga olish jarayonida ishtirok etayotgani sababli, ushbu premyerada ishtirok etishmadi.

Film premyerasida ijodiy jamoani aktyor va rejissor Dilmurod Masaidov muxlislarga tanishtirdi. Dilmurod Masaidov film jamoasini tanishtirish jarayonida “Salom, rashk filmi konfetsiz kino, ya’ni bu filmda birorta ham konfet yo‘q, filmda barcha rollarni professional aktyor-aktrisalar ijro etishgan. Film prodyuseri Mahmud Erkabayevning esa konfetlarga toqati yo‘q, konfetlarsiz kino ishlasa bo‘ladi degan tamoyilga amal qiladigan inson”, degan fikrni aytib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют