» » O‘zbekistonda 2019-yilda tibbiyot xodimlari maoshi 26,5 foizga, oliy ta’lim xodimlari oyligi 1,5 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda 2019-yilda tibbiyot xodimlari maoshi 26,5 foizga, oliy ta’lim xodimlari oyligi 1,5 barobarga oshiriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni 2018-yilda davlat budjetining kutilayotgan ijrosi, 2019-yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, budjet-soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Prezident 2019-yilda tibbiyot hamda oliy ta’lim va fan muassasalari xodimlarining maoshlarini oshirish zarurligi haqida fikr bildirdi.

“Kelgusi yil ham byudjetdan to‘lanadigan oylik, pensiya va nafaqalarni inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirish siyosatini davom ettirishimiz kerak. Bunda oylik maoshining o‘sishi nisbatan past bo‘lgan ijtimoiy soha xodimlariga asosiy e’tibor qaratish, jumladan, tibbiyot xodimlarining oyligini 26,5 foizga, oliy ta’lim va fan muassalalari xodimlari ish haqini 1,5 barobarga oshirish zarur”, — dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Prezident matbuot xizmatidan ma’lum qilishlapricha, 2018-yilda budjet sohasi xodimlari ish haqlari, pensiya va nafaqalarini inflyatsiya ko‘rsatkichidan yuqori oshirish bilan birga tarbiyachilar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, profesor-o‘qituvchilar, madaniyat xodimlarining ish haqlari 30 foizdan 100 foizgacha oshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют