» » Toshkentdagi “Chorsu” bozorining pul mablag‘lari xatlandi

Toshkentdagi “Chorsu” bozorining pul mablag‘lari xatlandi


Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi Toshkentdagi “Chorsu” nomi bilan tanilgan bozorni boshqaruvchi “Eski Juva dehqon bozori” kompaniyaning pul mablag‘larini xatladi. Bu haqda Yagona korporativ axborot portali ma’lumotlariga asoslanib, Spot xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, MIB 17-oktabr kuni 11,8 milliard so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini xatlagan.

“Eski Juva dehqon bozori” kompaniyasi 1996-yilda tashkil etilgan. Kompaniya saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, uning asosiy aksiyadorlari Toshkent shahar hokimligi (78,4 foiz) hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslardir (21,5 foiz).

Kompaniya 2017-yil yakunlariga ko‘ra 117 million so‘m miqdorida sof foyda olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют