» » Shavkat Mirziyoyev: Odamlar adolat ta’minlanayotganini sezishi kerak

Shavkat Mirziyoyev: Odamlar adolat ta’minlanayotganini sezishi kerak


Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda Prezidentning Xalq qabulxonalari tashkil etilmoqda.

O‘zAning yozishicha, Prezidentning Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasida ham aholi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va saqlash zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yo‘lga qo‘yilgan. Qabulxona huquqiy adabiyotlar, zarur ma’lumotlar bilan ta’minlangan. Tibbiyot, ona va bola xonalari tashkil etilgan.

Xalq qabulxonalarini xalq bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, inson manfaatlarini ta’minlash uchun tashkil etdik. Har bir murojaat hal etilishi, adolat ta’minlanayotganini odamlar sezishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Qabulxona Qarshi shahri O‘zbekiston ko‘chasi 249-uyda joylashgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (25-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют