» » TIVda Germaniya Bundestagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TIVda Germaniya Bundestagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


31-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Germaniya Bundestagining “GFR – Markaziy Osiyo” parlament guruhi raisi Manfred Grund boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Germaniya, avvalo Oliy Majlis va Bundestag o‘rtasidagi munosabatlar holati va istiqbollari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishni qonuniy jihatdan qo‘llab quvvatlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralarda ko‘p qirrali muloqotni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish imkonini beradigan O‘zbekiston-Germaniya sammitini 2019-yili muvaffaqiyatli o‘tkazishdan tomonlar manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuvda Germaniya Elchisi Gyunter Overfeld ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют