» » O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan 5 ming dollargacha bo‘lgan tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi talab etilmaydi?

O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan 5 ming dollargacha bo‘lgan tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi talab etilmaydi?


O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan 5 ming dollargacha bo‘lgan tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi talab etilmaydi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 30-oktabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida qayd etildi, deb yozadi O‘zA.

Farmonda savdo mexanizmlarini yanada takomillashtirish, tovarlar bozorida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining samaradorligini oshirish va xarajatlarini kamaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sharoitlar yaratish maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilandi.

2018-yil 1-noyabrdan boshlab, import bo‘yicha olib kelingan yuqori likvidli mahsulot turlarini, egalarining xohishiga ko‘ra, ichki bozorda, shu jumladan, birja savdolarida cheklovlarsiz sotish uchun imkoniyatlar yaratib beriladi. Xuddi shu sanadan boshlab, yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartibini joriy etish yo‘lga qo‘yiladi.

2019-yil 1-yanvardan tovar-xomashyo birjasi a’zolarining daromadlariga qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun belgilangan soliqqa tortish shartlari tatbiq etiladi.

Xalqaro to‘lov tizimi orqali to‘langan holda butunjahon Internet tarmog‘i orqali bitta invoys bo‘yicha 5 ming dollargacha tovarlarni eksport qilishda xaridor bilan yozma shartnoma tuzish talab etilmaydi va barcha yuridik va jismoniy shaxslarga umumqabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq hisobot yuritgan holda tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan hamda pochta aloqa xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga muvofiq yukning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan amalga oshirishga ruxsat etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют