» » Qibrayda uch nafar ayolni Qozog‘istonga aldov yo‘li bilan olib ketayotgan shaxs? qo‘lga olindi

Qibrayda uch nafar ayolni Qozog‘istonga aldov yo‘li bilan olib ketayotgan shaxs? qo‘lga olindi


O‘zbekistondan xorijga aldov yo‘li bilan olib chiqib ketilayotgan uch nafar ayol to‘xtatib qolindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Toshkent viloyati Qibray tumani “Zafarobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Mayskiy” chegara posti orqali 28 yoshli J.U Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 32 yoshli N.O, 28 yoshli O.N. va Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi 26 yoshli M.R.ni xorijda “yaxshi daromadli ish” topib berishni va’da qilib, ularni Qozog‘iston hududiga olib o‘tib ketayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Qayd etilishicha, uchala ayol ham O‘zbekiston hududiga qaytarildi.

J.U.ga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning odam savdosi bilan bog‘liq moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют