» » Huquqshunos: Bosh prokuror bir paytning o‘zida Bosh vazir o‘rinbosari bo‘ldi deb talqin qilish noto‘g‘ri

Huquqshunos: Bosh prokuror bir paytning o‘zida Bosh vazir o‘rinbosari bo‘ldi deb talqin qilish noto‘g‘ri


31-oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov bosh prokuror bo‘lish bilan birga, O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani xabar berilgan edi. Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudayberdiyev ushbu xabarni mutaxassis sifatida izohladi.

“OAVlarda Bosh prokuror Otabek Murodov Qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganligi haqida yozishmoqda.

Ayrim nashrlar o‘z xabarida ‘Bosh prokurorga yangi lavozim berildi’, ‘Zoyir Mirzayev o‘rniga vaqtincha rahbar tayinlandi’ mazmunida yozishmoqda.

Bu mutlaqo noto‘g‘ri talqin.

Qonunchilikka binoan, Bosh prokuror bir paytning o‘zida Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlanishi mumkin emas. Prokuratura organlarining mustaqillik prinsiplariga zid bu.

Aslida nima bo‘lgan edi?

Aslida davlatimiz rahbari tomonidan Bosh prokuraturaga (ya’ni tizimga, shaxsga emas) Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining samarali faoliyat olib borishida ko‘maklashish va bu sohada qonunlarning qat’iy ijrosini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Lekin bu Siz o‘ylaganchalik, Bosh prokuror bir paytning o‘zida Bosh vazir o‘rinbosari bo‘ldi degani emas”, — deyiladi huquqshunosning Telegram-kanaliga joylangan xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют