» » Bosh prokuratura Qarshi tumanida 8 yoshli qizcha zo‘rlangani holatini rad etdi

Bosh prokuratura Qarshi tumanida 8 yoshli qizcha zo‘rlangani holatini rad etdi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Qarshi tumanida ikkinchi sinfda o‘qiydigan qizcha zo‘rlangani hamda huquqni muhofaza qilish organlari ushbu holat bo‘yicha harakatsizlik ko‘rsatgani haqidagi xabarlarni rad etdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

“Bosh prokuratura ushbu holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazib, zo‘rlash sodir bo‘lmaganini aniqladi. Qizchaning onasi u maktabdan qaytganidan keyin oyog‘ida kichik jarohat paydo bo‘lganini ko‘rgan. U bu yara qanday paydo bo‘lgani va qizcha qayerda bo‘lganini bilish uchun uni so‘roq qila boshlagan. Bunga javoban, qizcha aftidan qo‘rqib ketganidan, uni zo‘rlashganini aytgan. O‘tkazilgan tibbiy ekspertiza qizchaga nisbatan hech qanday jinsiy zo‘ravonlik qo‘llanilmaganini ko‘rsatdi”, — dedi Bosh prokuratura vakili.

2018-yil 4-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 60-o‘rta maktabning Xonobot qishlog‘ilik 2-sinf o‘quvchisi, 8 yashar qizaloq maktabdan katta tanaffus vaqtida aldab olib chiqib ketilib, zo‘rlangani haqida uning otasi ma’lum qilgan edi. Bu xabar bilan, o‘z navbatida, Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov bo‘lishgan edi.

Qizchaning otasi voqeadan 5 kun o‘tib xabar topgan  va o‘qituvchilar, maktab direktori, tuman xalq ta’limi bo‘limi, natija bo‘lmagach viloyat xalq ta’limi boshqarmalariga, keyin ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Maktabda hech kim hech narsa bilmaydi. Uchastka inspektori voqeani xaspo‘shlash bilan ovora, tergovchi ishni tashlab qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют