» » O‘zbekiston Doing Business reytingida 2 pog‘ona pastladi

O‘zbekiston Doing Business reytingida 2 pog‘ona pastladi


Jahon banki tomonidan 31-oktabr kuni e’lon qilingan Doing Business reytingida O‘zbekiston 76-o‘rinni egalladi, deb yozadi Spot.

O‘tgan yili esa mamlakat ushbu reytingning 74-pog‘onasida qayd etilgan edi.

Reytingga muvofiq, O‘zbekistonda biznes yuritish qulayligi ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan 1,08 foizga oshib, 67,4 foizni tashkil qilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston “Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish” bo‘yicha 12, “Elektr ta’minot tizimiga ulanish” bo‘yicha – 35, “Shartnomalar ijrosini ta’minlash” bo‘yicha – 41, “Kredit olish” bo‘yicha – 60, “Minoritar investorlar himoyasi” bo‘yicha – 64, “Soliqqa tortish” bo‘yicha – 64, “Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish” bo‘yicha – 71, “Qurilishga ruxsat olish” bo‘yicha – 134 va “Xalqaro savdo” bo‘yicha 165-o‘rinni egalladi.

Doing Business reytingida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘iston – 28-o‘rinda, Qirg‘iziston – 70-o‘rinda va Tojikiston 126-o‘rinlarda joylashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют