» » Adliya vazirligi: uy-joy kommunal sohasini jadal rivojlantirish yo‘lida to‘siqlar mavjud

Adliya vazirligi: uy-joy kommunal sohasini jadal rivojlantirish yo‘lida to‘siqlar mavjud


Adliya vazirligi tomonidan davlat boshqaruvi tizimi faoliyati samaradorligini tahlil qilish bo‘yicha  faol ishlar amalga oshirilmoqda. Bu  borada vazirlik uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish faoliyatini o‘rgandi. Tadqiqot jarayonida tarmoqning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ayrim muammo va kamchiliklar aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Xususan, tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, suv ta’minotidagi kommunal uskunalar va muhandislik kommunikatsiyalari eskirib ketgan. 2 888 (40 %) suv ta’minoti inshootlari,  4 512 km (32 %) suv o‘tkazish inshootlari,  19 753 km (36 %) suv o‘tkazish tarmoqlari, 567 km (31 %) kanalizatsiya kollektorlari va  1 368 km (25 %) kanalizatsiya tarmoqlari ta’mirga muhtoj. Shuningdek, 758 qozonxonalar va 5 000 km issiqlik tarmoqlarining holati  issiqlik energiyasini me’yoridan ortiq yo‘qotishga hamda issiqlik ta’minoti korxonalarining  debitorlik va kreditorlik qarzlarining oshib ketishiga olib kelayotgani aniqlandi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida “O‘zbekkommunalloyihaqurilish” DUK (suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlari bo‘yicha) va  “Issiqlikelektrloyiha” AJ (issiqlik ta’minoti bo‘yicha) tomonidan loyiha xizmatlari bozorida iqtisodiy konsentratsiya tarmoq raqobatbardoshligini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muhim omillardan hisoblanadi. Bu raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga  to‘g‘ri kelmaydi.

Davlat-xususiy sherikchiligining ta’sirchan mexanizmlarini yetarli darajada joriy etilmaganligi va investitsiyalarni keng jalb qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish zaruriyati, jumladan past rentabelli uy-joy kommunal xo‘jaligi korxonalari tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirib, budjet harajatlarini optimallashtirish yo‘lida g‘ov bo‘lmoqda.

Tahlil jarayonida shuningdek, ko‘p xonadonli uy-joy  fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasidagi faoliyatlari takrorlanayotgani aniqlandi. Bu mazkur sohada  davlat xizmatlarini optimallashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Uy-joy kommunal tarif siyosatini yanada takomillashtirish, jumladan rag‘batlantiruvchi tariflarni tartibga solish tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar qabul qilinmayotgani uj-joy kommunal sohasining zararli ishlashiga hamda kommunal korxonalar qarzlarining  oshishiga sabab bo‘lmoqda. Tarmoqning moliyaviy holatidagi kamchiliklar suv va issiqlik ta’minoti korxonalarining kreditorlik (1,2 trln so‘mdan ortiq) va debitorlik qarzlari ( 531 mlrd so‘mdan ortiq) mavjudligi bilan izohlanadi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga kelib tushadigan murojaatlar o‘rganib chiqilganda, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatining turli jihatlari ushbu sohadagi eng og‘riqli nuqta ekani aniqlandi. Xususan, imtiyozli asosda olingan kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish masalasidir.

Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishning barcha jihatlarini  tartibga soluvchi  tegishli qoida va me’yorlarning mavjud emasligi ham uy-joy kommunal tarmog‘idagi kamchiliklardan biri hisoblanadi. Mazkur holat ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish sohasida huquqiy   kamchiliklar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, ko‘p xonadonli uy-joy  fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining o‘z xizmat majburiyatlarini tegishli tarzda  bajarishiga imkon bermaydi.

Masalan, hududiy inspeksiyaning shtatlari soni  4 nafardan  10 nafargacha bo‘lgan xodimni tashkil etadi. Ayni paytda, xizmat ko‘rsatilayotgan uylar soni  esa 1 118 tadan  4 492 tagacha o‘zgarib turipti.  Shu tarzda, bir nafar inspektorning o‘rtacha ishi oyiga 23 tadan  53 tagacha bo‘lgan  ko‘p xonadonli uylar (500  tadan  3 991 tagacha bo‘lgan xonadon)  bilan ishlashga to‘g‘ri kelmoqda.

Mavjud  muammolarning kompleks tahlillari yakuni  va xorijiy ilg‘or tajribani hisobga olgan holda,  Adliya vazirligi tomonidan uy-joy kommunal xo‘jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish va tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha  tegishli takliflar tayyorlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют