» » Dubay hukmdori qoidabuzar haydovchini amirlik ko‘chalarini tozalashga majbur qildi

Dubay hukmdori qoidabuzar haydovchini amirlik ko‘chalarini tozalashga majbur qildi


Dubay markazidagi City Walk tumanida yo‘ltanlamas avtomobilda tartibsizlikni yuzaga keltirgan haydovchi qo‘lga olingach, Dubay amirligi hukmdori Shayx Muhammad qoidabuzarni jazolashning o‘ziga xos yo‘lini topdi, deb yozadi UAE Inside.

Qoidabuzar 17 yoshli BAA fuqarosi bo‘lib chiqdi. Uning hatto haydovchilik guvohnomasi ham yo‘q, mashinani esa ota-onasi boshqa mamlakatdaligidan foydalanib, uydan ruxsatsiz olib chiqqan.

Mashinani musodara qilish va 100 ming dirhamlik jarimaga tortish kabi standart jazodan tashqari, BAA vitse-prezidenti va  bosh vaziri, Dubay amirligi hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid al Maktum qoidabuzarga bir oy davomida har kuni 4 soatdan amirlik ko‘chalarini tozalashni buyurdi.

Mashinada qoidabuzar bilan birga uning do‘stlari ham bor edi, ular ham o‘z do‘stiga Dubay ko‘chalarini tozalashda yordam beradi.

Опубликовано: admin (26-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 64) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют