» » Yer ostidan otilib chiqqan issiq suvdan zarar ko‘rgan Spark va Matiz’ga salkam 18 mln so‘m kompensatsiya puli to‘landi

Yer ostidan otilib chiqqan issiq suvdan zarar ko‘rgan Spark va Matiz’ga salkam 18 mln so‘m kompensatsiya puli to‘landi


Sentabr oyining o‘rtalarida Toshkent shahri Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasida avtoyo‘l ostidagi issiq suv quvuri yorilib, tashqariga otilib chiqishi oqibatida Spark va Matiz avtomobillari zarar ko‘rgan edi.

“Gazeta.uz”ning yozishicha, ushbu avtomobillar egalariga 17,882 million so‘m kompensatsiya puli to‘lab berilgan.

Toshkentdagi bunday quvurlar “Toshissiqquvvati” korxonasiga tegishli, o‘shanda korxona vakillari avto egalariga zararni qoplab berishlarini aytgandi.

Nashrning aniqlashicha, issiqlik ta’minoti korxonasining fuqarolik javobgarligi Gross Insurance kompaniyasi tomonidan sug‘urtalangan bo‘lgan. Ya’ni, “Toshissiqquvvati” obyektlaridan foydalanish vaqtida uchinchi shaxslar zarar ko‘rsa, ularga yetkazilgan ziyonni sug‘urta kompaniyasi to‘lab beradi — shunday qilib, Spark va Matiz egalariga jami 17,8 million so‘m kompensatsiya to‘langan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют