» » Alisher Navoiy kinosaroyida Prezident topshirig‘iga ko‘ra suratga olingan 3 ta film taqdimoti o‘tkazildi

Alisher Navoiy kinosaroyida Prezident topshirig‘iga ko‘ra suratga olingan 3 ta film taqdimoti o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 3-avgust kuni madaniyat, san’at, ma’naviyat va adabiyot namoyondalari bilan uchrashuvida kinematografiya sohasiga, xususan, buyuk ajdodlar va zamondoshlar hayoti haqidagi turli janrlarda yaratiladigan filmlarni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratildi, deb xabar beradi “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan yuqoridagi mavzularda qator badiiy va hujjatli filmlar ishlab chiqarilmoqda. Suratga olingan filmlar targ‘ibotini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 31-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda o‘tkazilgan “Xojayi jahon Abdulxoliq G‘ijduvoniy”, “Xasanboy Do‘smatov” hamda “Vatan ichra mo‘jaz Vatan” nomli hujjatli filmlar taqdimotlari o‘tkazildi.

“Xojayi jahon Abdulxoliq G‘ijduvoniy”

Ssenariy mualliflari: Sadriddin Salim Buxoriy, Ja’far Xolmo‘minov

Rejissor: Aleksandr Gamirov

Operator: Umid Malikov

“Insonning ruhiy-ma’naviy poklanishi, go‘zal xulq, sof e’tiqod halol rizq bilan umrguzaronlikka da’vat qiladigan Xojagon tariqati o‘rta asrlar musulmon Sharqi tafakkur tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Ayniqsa, ushbu tariqatning asoschisi buyuk vatandoshimiz Xojayi jahon Abdulxoliq G‘ijduvoniy asrlar davomida “Xojayi jahon” deb ulug‘lanib kelindi.

Mazkur filmda Xojayi jahon Abdulxoliq G‘ijduvoniyning shogirdlari hamda muridlarining xotiralari, kitoblaridagi hayotiga oid yozma manbalarga asoslangan holda uning hayot yo‘lini tasvirlashga harakat qilindi.

‘Xojayi jahon Abdulxoliq G‘ijduvoniy’ hujjatli filmi butun umrini insonning ma’naviy - ruhiy kamolotiga bag‘ishlagan buyuk vatandoshimiz Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligiga bag‘ishlanadi”, — deyiladi xabarda.

“Xasanboy Do‘smatov” nomli 2 qismli hujjatli filmi ssenariy muallifi Dilfuza Turdiboyeva, rejissor Raisa Roldugina, operator Behzod Qodirov tomonidan ishlangan.

Ushbu film yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti, ular qalbida sport bo‘yicha Olimpiada o‘yinlari chempionlariga havas uyg‘otish hamda giyohvandlikka qarshi kurashish g‘oyalarini ilgari surish maqsadida yaratildi. Film Braziliyaning Rio de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida boks bo‘yicha zafar quchgan Xasanboy Do‘smatov misolida ochib berilgan.

“Vatan ichra mo‘jaz Vatan”

(Mahalla – mustahkam oila va sog‘lom avlod tayanchi)

Ssenariy muallifi: Rustam Jabborov

Rejissor: Bobur Yo‘ldoshev

Operator: Temur Ayudullayev

Musiqa muharriri: Jamshid Izomov

“Azal-azaldan o‘zbek xalqi jamoada, ahillikda yashab turmush kechirgan. Xalqimizga xos turli milliy qadriyatlar, to‘y-hasham va boshqa marosimlar aynan jamoaviy yo‘l bilan o‘tkazilgan. Bu ezgu qadriyat esa “mahalla” nomi bilan atalgan.

Mazkur filmda yurtimizda samarali yo‘lga qo‘yilgan mahalla instituti, ya’ni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют