» » Markaziy bank tomonidan depozit auksioni o‘tkaziladi

Markaziy bank tomonidan depozit auksioni o‘tkaziladi


Markaziy bankning tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi belgilandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomga muvofiq, depozit operatsiyalari Markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasida tuziladigan Markaziy bankning depozit operatsiyalarida qatnashish to‘g‘risidagi Bosh bitimga asosan milliy valyutada amalga oshiriladi.

Depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari Kredit qo‘mitasi tomonidan o‘rnatiladi.

Shuningdek, nizomda belgilanishicha depozit operatsiyalarini amalga oshirishda tijorat banklari majburiy rezerv talablarini o‘z vaqtida va to‘liq bajargan bo‘lishi, qarz majburiyatlari bo‘lmasligi lozim.

Markaziy bank tomonidan depozit auksioni (foizli va miqdoriy), o‘zgarmas foiz stavkasi bo‘yicha depozit operatsiyalari amalga oshiriladi.

Auksioni to‘g‘risidagi ma’lumot auksiondan uch ish kuni oldin Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Bundan tashqari depozit auksioni quyidagi standart shartlar asosida o‘tkazilishi belgilandi:

Foizli depozit auksionlari ikki xil usulda o‘tkazilishi mumkin:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют