» » Suriyalik operatorga “Oskar” marosimida qatnashish uchun AQShga kirishga ruxsat berishmadi

Suriyalik operatorga “Oskar” marosimida qatnashish uchun AQShga kirishga ruxsat berishmadi


Suriyalik operator Xolid Xatibni muddati tugamagan vizasi bo‘lishiga qaramay, marosimda qatnashish uchun AQShga kirishga qo‘yishmadi, deb yozadi TJournal. U “Oskar” mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatilgan “Oq dubulg‘alar” (White Helmets) qisqa metrajni hujjatli filmining katta qismini suratga olgan.

Associated Press agentligi jurnalistlari ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh ichki xavfsizlik vazirligi kinematografistning kirishini taqiqlashga so‘nggi lahzada qaror qilgan. Vazirlikning ichki hujjatlarida aytilishicha, taqiqqa Xatibga nisbatan topilgan allaqanday “obro‘sizlantiruvchi axborot” sabab bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, bunday ta’rif uning terrorchilar bilan aloqalari yoki pasporti bilan bog‘liq muammolarini ham bildirishi mumkin.

AQSh ichki xavfsizlik vazirligi vakillari jurnalistlarning so‘rovlariga javoban, “AQShga safar qilish uchun amal qiluvchi chiqish pasportiga ega bo‘lish kerakligi”ni ta’kidlashdi.

Xatibning o‘zi esa Twitter’da qizg‘in ish tufayli “Oskar”da qatnasha olmasligini ma’lum qildi.

Опубликовано: admin (26-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют