» » Ayollar ijtimoiy moslashuvi markazlari 485 nafar oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarga yordam ko‘rsatdi

Ayollar ijtimoiy moslashuvi markazlari 485 nafar oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarga yordam ko‘rsatdi


Joriy yilning may oyidan buyon O‘zbekistonning barcha hududlarida Xotin-qizlar qo‘mitalari huzurida bosqichma-bosqich Ayollar ijtimoiy moslashuv markazlari tashkil etilmoqda, deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.

Bugungi kunga qadar respublika bo‘ylab jami 130 ta markazlar faoliyat yuritib, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarga zarur psixologik, huquqiy, ijtimoiy va tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Bugun markazlar uchun ajratilgan binolarda ayollarning vaqtincha kun kechirishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. O‘tgan vaqt mobaynida Xotin-qizlar qo‘mitasiga 3055 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 485 tasi og‘ir vaziyatga tushib qolgan, inqiroz holatidagi ayollar bo‘lib, Ijtimoiy moslashuv Markaz mutaxassislari tomonidan ularga og‘ir vaziyatdan chiqib ketish uchun barcha zaruriy choralar ko‘rildi.

“Agarda siz zo‘ravonlikka duch kelayotgan bo‘lsangiz yohud atrofingizdagilarning shunday munosabat qurboni bo‘layotganligiga guvoh bo‘lsangiz bizning ‘1146’ ishonch telefonlarimizga murojaat qiling”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, ishonch raqamlari ishga tushgandan buyon turli mavzularda 7000 dan ziyod qo‘ng‘iroqlar amalga oshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют