» » Demokratlar Trampning Kongressdagi nutqiga meksikaliklar va musulmonlarni taklif qiladi

Demokratlar Trampning Kongressdagi nutqiga meksikaliklar va musulmonlarni taklif qiladi


Demokratlar 28-fevral kuni AQSh prezidenti Donald Trampning Kongress Senati va Vakillar palatasi qarshisidagi nutqini tinglashga ro‘yxatdan o‘tmagan muhojirlarning farzandlarini, shuningdek, meksikaliklar va musulmon mamlakatlaridan kelganlarni taklif qiladi. Bu haqda Amerikaning Politico nashri Demokratik partiya qonun chiqaruvchilariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

“Umid qilamanki, zal (Tramp nutq so‘zlaydigan Kongress zali) butun Amerikani ifoda etadi”, — dedi kongressmen Jim Lenjevin. U o‘z partiyadoshlari bilan birgalikda qonun chiqaruvchi organga davlat rahbarining so‘nggi immigratsiya farmonlari bevosita ta’sir o‘tkazgan aholi qatlamlari vakillarini olib kelmoqchi.

Shuningdek, uning nutqida Trampning inauguratsiya marosimi o‘tkazilayotgan vaqtda ataylab Vashingtonni tark etgan demokratlar ham qatnashadi. Ular Oq uy rahbarining g‘ashiga tegmoqchi va uning migratsiya siyosatiga “insoniy qiyofa berishga” urinib ko‘rmoqchi.

Опубликовано: admin (26-02-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют