» » Andijonda qarzdorga tegishli Howo yuk mashinasi auksionda sotildi

Andijonda qarzdorga tegishli Howo yuk mashinasi auksionda sotildi


Andijon viloyati Bo‘z tumanida faoliyat yurituvchi “Bunyodkor madad hamkor” mas’uliyati cheklangan jamiyatining byudjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalardan bo‘lgan 204 million 966 ming so‘mlik soliq qarzini undirish maqsadida xatlangan Howo rusumli yuk avtotransport vositasi auksion orqali 379 million 714 ming 720 so‘mga sotildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2016-yilda korxonada o‘tkazilgan tekshirishda soliq qonunchiligi buzilganligi ayon bo‘ldi. Andijon viloyati xo‘jalik sudining 2017-yil 9-yanvardagi hal qiluv qarori bilan 187 million 753 ming so‘m moliyaviy jarima qo‘llanilib, uni ixtiyoriy to‘lash uchun “Bunyodkor madad hamkor”ga 30 kunlik muddat berilgan edi. Biroq jamiyat ushbu summani to‘lashni paysalga soldi.

Sud so‘nggi chora — qarzdorlikni mol-mulk hisobidan undirish bo‘yicha ijro varaqasi chiqardi. Hujjatlar asosida Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda jamiyatga tegishli Howo yuk mashinasi auksionda 379 million 714 ming so‘mga sotish orqali qarzdorlik to‘liq undirib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют