» » Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniyaning savdo-sanoat bo‘yicha delegatsiyasi qabul qilindi

Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniyaning savdo-sanoat bo‘yicha delegatsiyasi qabul qilindi


Joriy yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining tashqi ishlar va hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vazirligining Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa bo‘yicha departamenti direktori o‘rinbosari Rupert Eynli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, qo‘shma tadbirlar, jumladan turli darajalarda ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish istiqbollari muhokama qilindi.

“Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston—Buyuk Britaniya kengashining navbatdagi majlisini Toshkent shahrida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu kengash savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalarni faollashtirish va aniq natijalar keltirishni maqsad qilgan”, — deyiladi xabarda.

Muzokaralarda Buyuk Britaniya Elchisi Kristofer Alan ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют