» » Oliy sud sudyalari Qoraqalpog‘istonda sayyor qabul tashkil etdi

Oliy sud sudyalari Qoraqalpog‘istonda sayyor qabul tashkil etdi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov boshchiligida Oliy sud sudyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasida sayyor qabullar tashkil etdi. Uch kun davomida qoraqalpog‘istonlik sudyalar bilan birga Nukus shahri, Chimboy, Qo‘ng‘irot, Beruniy tumanlarida fuqarolar qabul qilindi. Ularning murojaatlari tegishli tartibda o‘rganib chiqish uchun nazoratga olindi, deb yozadi O‘zA.

Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan 7 nafar shaxsni tegishli muassasa tomonidan keltirilgan taqdimnoma asosida ularni muddatidan ilgari ozod qilish va tayinlangan jazolarni yengilroq jazo turi bilan almashtirish bilan bog‘liq materiallar ham ko‘rib tamomlandi. To‘rt nafar shaxsga nisbatan sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanib, sud zalidan qamoqdan ozod qilindi.

Chimboy tumanida joylashgan “Muruvvat” nogironlar internat uyida xayriya tadbiri o‘tkazilib, 215 nafar kishiga xayriya dasturxoni yozilib, ularga kiyim-kechaklar tuhfa etildi.

Ellikqal’a tumanidagi Guldursun ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oila vakili Sapargul Shoniyozovaga nogironlik aravachasi topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют