» » Bryussel O‘zbekiston Prezidenti tashrifini 2019-yil boshida kutadi

Bryussel O‘zbekiston Prezidenti tashrifini 2019-yil boshida kutadi


Yevropa ittifoqi bosh qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga tashrifi 2019-yil boshida amalga oshishiga umid qilishmoqda. Bu haqda Yevroparlamentning Latviyadan deputati Iveta Grigule-Peterse ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

“O‘zbekiston—Yevroittifoq” parlament hamkorligi qo‘mitasining 14-majlisi Toshkentda 1-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. YePning Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo‘g‘uliston bilan aloqalar bo‘yicha raisi Iveta Grigule-Peterse yig‘ilishda Yevropa delegatsiyasiga rahbarlik qildi.

“Bryussel prezidentingizni kutmoqda — agar imkoniyati bo‘lsa, kelasi yilning boshi yaxshi bo‘lardi”, — dedi u majlisni ocharkan.

Yevrodeputatning fikricha, Shavkat Mirziyoyevning tashrifi O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi hamkorlikni yaqin besh-o‘n yil uchun aniqlashtirib qo‘yish imkonini beradi. “Uni yana bir yilga cho‘zish kerak emas. Men (Tashqi aloqalar bo‘yicha Yevropa xizmati) istagini yetkazyapman”, — deb qo‘shib qo‘ydi deputat.

U O‘zbekiston Prezidentining 8—9-oktabr kunlari Fransiyaga qilgan tashrifini “juda yaxshi, juda muvaffaqiyatli” deb baholadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют