» » Superliga. “Paxtakor” o‘z maydonida “Navbahor”ni yuta olmadi, “Bunyodkor”da g‘alaba, “Nasaf”da esa durang

Superliga. “Paxtakor” o‘z maydonida “Navbahor”ni yuta olmadi, “Bunyodkor”da g‘alaba, “Nasaf”da esa durang


Bugun, 1-noyabr sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 28-turi doirasida yana uchta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Chempionlik uchun kurashayotgan “Paxtakor” o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qilib, 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Yuqori oltilikda borayotgan “Buxoro” Toshkentning “Bunyodkor”? jamoasini o‘z maydonida qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvda hisob 90-daqiqada Filip Rayevats tomonidan ochilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Mirjahon Mirahmadov mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Qarshida “Nasaf” xuddi o‘zi singari Superligada jon saqlash uchun kurashayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. O‘yinda hisobni 22-daqiqada Bobir Abdiholiqov ochgan bo‘lsa, 50-daqiqada Javohir Siddiqov hisobni tenglashtirdi. Mazkur hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.

Yuqori oltilikdagi holat

Quyi oltilikdagi holat

Pepsi Superliga

28-tur bellashuvlari

1-noyabr, payshanba

Gollar: 0:1 — 90 Filip Rayevats, 0:2 — 90+2 Mirjahon Mirahmadov.

Gollar: 1:0 — 22 Bobir Abdiholiqov, 2:0 — 50 Javohir Sidiqov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют