» » Kim Chon Namga suiqasd oldidan gumonlanuvchiga “bolalar yog‘i”ni berishgan va 90 dollar to‘lashgan

Kim Chon Namga suiqasd oldidan gumonlanuvchiga “bolalar yog‘i”ni berishgan va 90 dollar to‘lashgan


Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namni o‘ldirishda gumonlanuvchi ayol unga notanish bo‘lgan erkak undan teleshou uchun hazil o‘yinda ishtirok etishni so‘ragani haqida gapirib berdi, deb yozadi Meduza. Unga 400 ringgit (taxminan 90 dollar) to‘lagan va bolalar yog‘iga o‘xshagan narsani bergan. Shu suyuqlikni u Kim Chon Namning yuziga surgan.

Gumonlanuvchi — Siti Aishax ismli Indoneziya fuqarosi. U Kim Chon Namga suiqasd uyushtirilgan Malayziyada hibsda saqlanmoqda. Gumonlanuvchining ko‘rsatmalari haqida u bilan gaplashish uchun ruxsat olgan indoneziyalik diplomat gapirib berdi.

Avvalroq Kim Chon Namga nisbatan uyushtirilgani taxmin etilayotgan suiqasdda gumonlanayotgan Indoneziyaning 25 yoshli fuqarosi Siti Aishax o‘z oilasiga Yaponiya telekanali uchun ko‘ngilochar ko‘rsatuvni suratga olishda qatnashayotganini aytgani ma’lum bo‘lgan edi.

Опубликовано: admin (26-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют