» » Toshkentda GTL loyihasi bo‘yicha kreditorlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda GTL loyihasi bo‘yicha kreditorlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Toshkentda O‘zbekiston neft va gaz sanoatida GTL loyihasi bo‘yicha kreditorlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unda ishtirok etish uchun Koreya eksport-import banki, Koreya savdo va sug‘urta korporatsiyasi, “Gazprom” aksiyadorlik jamiyati, “Roseksimbank” aksiyadorlik jamiyati hamda Eksport kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha Rossiya agentligi vakillaridan iborat kreditorlar delegatsiyasi Toshkentga keldi.

“Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani asosida sintetik suyuq yoqilg‘ini ishlab chiqarish” (UzGTL) loyihasi doirasida O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatida eng zamonaviy standarlarga javob beradigan zavod quriladi. GTL yoki “gazdan suyuqlik” texnologiyasiga asoslangan bu kabi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar dunyo bo‘ylab sanoqli — Janubiy Afrika Respublikasi, Malayziya va Qatarda.

Zavod yiliga 1,5 million tonnadan ortiq YEVRO 5 standartiga mos yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg‘ini ishlab chiqaradi.

Yig‘ilishni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Sayidov ochib berdi. U koreyalik hamkorlarga turli masalalarni muvofiqlashtirish va hal qilishda professional yondashuvlari uchun minnatdorchilik bildirdi, loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligini anglab moliyalashtirish jarayonini tezlashtirishga tayyor turgan rossiyalik sheriklarning hissasini alohida ta’kidladi hamda mazkur loyihani moliyalashtirishga birinchi bora kirishayotgan xitoylik hamkorlarga ham tashakkur bildirdi.

“Sizga mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, hukumat GTL loyihasining yakuniy moliyalashtirish tuzilmasini ma’qulladi va joriy yilning noyabr oyi oxiriga qadar barcha moliyalashtirish masalalarini muvofiqlashtirishni yakunlash va kreditlarni jalb qilishni boshlash vazifasini qo‘ydi. Umid qilamanki, mazkur uchrashuv ishtirokchilarga bu vazifani bajarish imkonini beradi”, deya so‘zini yakunladi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari.

Yig‘ilishda “Uzbekistan GTL” MChJ bilan kreditorlar vakillari hamda loyiha bo‘yicha maslahatchilar o‘rtasida loyihani moliyalashtirishning umumiy shartlari to‘g‘risidagi kelishuv bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, yig‘ilish doirasida kreditorlar delegatsiyasi a’zolari Qashqadaryo viloyatidagi UzGTL qurilish maydonida joylashgan obyektlarida bo‘ladi va yangi zavod qurilishi jarayoni bilan tanishdi.

Loyihani amalga oshirish tabiiy gazni chuqur qayta ishlash quvvatini kengaytirish, uglevodorod importini qisqartirish, yuqori sifatli va ekologik toza yoqilg‘iga ichki ehtiyojni qoplash hamda bozorni mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan strategik mahsulotlar bilan ta’minlash imkonini beradi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihani amalga oshirish neft mahsulotlarining yiliga 1,5 million tonnagacha importi o‘rnini bosish imkonini beradi.

Sintetik suyuq yoqilg‘ini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan zavodning xomashyo bazasi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metanidir. Uning hajmi yiliga 3,6 milliard kub metrni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют