» » ShHT, YeXHT, BMT va MDH IShIDga qarshi kurashda Afg‘onistonga ko‘maklashishga tayyor

ShHT, YeXHT, BMT va MDH IShIDga qarshi kurashda Afg‘onistonga ko‘maklashishga tayyor


Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Terrorizmga qarshi kurashish — chegara bilmas hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari terrorizm, shu jumladan, IShID tashkilotiga qarshi kurashda Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini tasdiqladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborotida ma’lum qilindi, deb yozadi Gazeta.uz”.

Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining ikki kunlik konferensiyasida tashkilot ishtirokchisi bo‘lgan mamlakatlar huquq-tartibot organlari va BMT, YeXHT va MDH xalqaro aksilterrorchilik tuzilmalarining vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik afg‘onlarning o‘zi va afg‘onlar boshchiligida o‘rnatilishi mintaqada umumiy xavfsizlik va barqarorlikni yuzaga keltirishini ta’kidladi.

Unda chiqish qilganlar IShID terrorchilik tashkiloti tomonidan Yevropa, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyoda terrorchilik faoliyati o‘choqlarini yaratish bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilgan ishlar olib borilayotganligiga e’tibor qaratdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют