» » YeTTB 2019-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 4,5 foizgacha pasayishini taxmin qilmoqda

YeTTB 2019-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 4,5 foizgacha pasayishini taxmin qilmoqda


Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari pasayishini taxmin qilmoqda. Bu haqda bank hisobotida keltirib o‘tiladi, deya xabar berdi “Turon 24”.

Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi 2018-yilda 5,3 foizdan 5 foizgacha, 2019-yilda 4,5 foizgacha pasayadi.

Bank mutaxassislari O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sishning pasayishi sababini mamlakatda to‘lov balansi ko‘rsatkichlarining yomonlashuvi hamda narxlarning ko‘tarilishi tufayli aholi iste’mol quvvatining kamayishi bilan bog‘liq deya hisoblamoqda.

Bundan tashqari, inflyatsiya hisobiga aholi real daromadlarining pasayishi va savdo defitsitining kengayishi ham kutilmoqda. Valyuta ayirboshlash va narx kursini liberallashtirish hamda subsidiyalarning pasayishi narxlarning tartibga solinishi va ikkilamchi inflyatsiyaga olib keldi.

Shuningdek, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar keying yillarda mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga imkoniyat yaratadi, deyiladi hisobotda.

Avvalroq XVF O‘zbekistonda inflyatsiya darajasining yillik ko‘rsatkichi 19,2 foiz bo‘lishini prognoz qilgandi. Bu MDH davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotida mamlakatda inflyatsiya darajasi ko‘rsatkichi joriy yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra yillik 16,3 foizni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют