» » Qashqadaryoda “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi ishchi-xodimlari majburiy ravishda paxtaga jalb qilinmoqda

Qashqadaryoda “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi ishchi-xodimlari majburiy ravishda paxtaga jalb qilinmoqda


2-noyabr kuni ertalab Qashqadaryo viloyatida “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi ishchi-xodimlari paxtaga olib ketildi. Bu haqda “Turon 24” ma’lum qildi.

Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasi yonida jam bo‘lgan zavod ishchi- xodimlaridan birining “Turon 24” muxbiriga ma’lum qilishicha, zavod xodimlari Nishon va Kasbi tumanidagi terimchilarga ko‘maklashish maqsadida 20 kunga majburiy ravishda paxtaga jalb qilinmoqda.

“Agar bormayman, desak shu zahoti ishdan bo‘shatishadi, — deydi ismini oshkor qilishni istamagan ishchi-xodimlardan biri. — O‘rnimizga ko‘z tikib turganlar judayam ko‘p. Ishimizdan ajralishni istamaymiz. Boshqa choramiz yo‘q”.

Paxtaga ikkinchi marotaba majburan jalb qilingan ishchi-xodim terimga chiqarishda mantiqli asos ko‘rmayotganidan, chunki maydonlarda paxta qolmaganidan shikoyat qildi.

“Hozir dalada eng yaxshi terimchi ham nari borsa 20 kilogramm paxta terayapti, — deydi u. — Chunki dalada paxta yo‘q. O‘tgan yili ham paxta tugagandan so‘ng har kuni 20 kilogramm ko‘sak terishga majburlashgan, shundan so‘nggina dam olishga ruxsat berishardi. Bu safar ham shunday bo‘ladi shekilli”.

“Turon 24” muxbirining kuzatuvlariga ko‘ra, zavod xodimlaridan iborat terimchilar o‘tirgan avtobuslarning 2 tasi Kasbi tumaniga, qolgan 2 tasi esa Nishonga yo‘l oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют