» » Ufada hamkasabasini zo‘rlashda ayblanayotgan 3 politsiyachi ishdan bo‘shatildi

Ufada hamkasabasini zo‘rlashda ayblanayotgan 3 politsiyachi ishdan bo‘shatildi


Ufada tergovchi-qizni zo‘rlaganlikda ayblanib hibsga olingan uch nafar politsiyachi ishdan bo‘shatildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

“Boshqirdiston ichki ishlar vaziri politsiya general-mayori Roman Deyev tomonidan politsiya xodimining or-nomusiga putur yetkazuvchi harakatni sodir etgani uchun uch nafar politsiya xodimi ishdan bo‘shatildi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Boshqirdiston ichki ishlar vazirining topshirig‘iga ko‘ra ushbu jinoyatni sodir etish sabablarini o‘rganish uchun xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Qayd etilishicha, tergov jarayonida ayblanuvchilar o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

Uch nafar politsiyachi — Ichki ishlar vazirligining Ufa tumani IIBning 51 yoshli boshlig‘i, Karmalinsk tumani IIBning 50 yoshli bo‘lim boshlig‘i, Ufa tumani IIB migratsiya masalalari bo‘yicha bo‘limning 34 yoshli boshlig‘i 23 yoshli tergovchi qizning nomusiga tajovuz qilganlikda ayblanib, qo‘lga olingan edi.

Holat yuzasidan Rossiya jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют