» » Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi insholar tanlovining II bosqich mavzusini e’lon qiladi

Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi insholar tanlovining II bosqich mavzusini e’lon qiladi


Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mega tanlovi doirasida insholar tanlovi ham bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.

Insholar tanlovi maktab, litseylar va kollejlar o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida oflayn tarzda o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha ushbu tanlovning 1-bosqichi nihoyasiga yetdi. Unda respublika bo‘ylab 20 mingdan ortiq insho ishtirok etdi. Bosqich yakunlariga ko‘ra, 1000 nafar ishtirokchi ikkinchi bosqichga yo‘l oldi.

Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar “Korrupsiya va jamiyat” mavzusida insho yozishi kerak.

Inshoda jamiyatdagi korrupsiya illatlari, korrupsiyaning jamiyat hayotiga ta’siri, korrupsiyaga olib keladigan sabablar, korrupsiyaning jamiyat va davlat uchun katta tahdid ekani, uning iqtisodiy, ijtimoiy zararlari, korrupsiyaga qarshi kurashda huquq-tartibot, sud organlari, matbuot hamda jamoatchilikning roli masalalari yoritilishi lozim.

Nizomga muvofiq, ikkinchi bosqich viloyatlar darajasida 1-noyabr – 15-noyabr kunlari o‘tkaziladi. Natijalar 22-noyabrda g‘oliblarga shaxsiy xabar orqali ma’lum qilinadi.

Insholar tanlovi g‘oliblariga 2 ta Samsung Galaxy S9 smartfonlari topshiriladi!

Shuningdek, insholar tanlovi ishtirokchilarida ham boshqa nominatsiyalar ishtirokchilari kabi oliy sovrin – Apple iPhone X yutib olish imkoniyati bor.

Tanlovga insholarni yuborish tartibi va boshqa ma’lumotlar bilan quyidagi havolada tanishish mumkin:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют