» » Qashqadaryolik 60 nafar kollej bitiruvchisi Xitoyga malaka oshirish uchun yuboriladi

Qashqadaryolik 60 nafar kollej bitiruvchisi Xitoyga malaka oshirish uchun yuboriladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “LT Tekstil Interneyshnl” O‘zbekiston — Xitoy—Niderlandiya qo‘shma korxonasi loyihasi bilan ham tanishdi. Qo‘shma korxona direktori Chen Ji tashrifdan so‘ng O‘zA muxbiriga kelgusidagi rejalar haqida quyidagilarni ma’lum qildi.

— Kompaniyamiz rahbarlari O‘zbekistonda bir necha marta bo‘lib, bu yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘zbekistondagi chet ellik investorlarga yaratilgan qulay muhit bizga har tomonlama ma’qul bo‘ldi. To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “LT Tekstil Interneyshnl” qo‘shma korxonasida Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan paxta tolasini qayta ishlab, bozorga tayyor mahsulot chiqarish mo‘ljallangan.

Birinchi bosqichda paxta tolasidan ip-gazlama ishlab chiqariladi. Bu jarayon joriy yilning ikkinchi choragidan boshlanadi. Ikkinchi bosqich 2018-yilning to‘rtinchi choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev loyiha bilan tanishib, uni tezroq ishga tushirish choralarini ko‘rishni taklif qildi. Bu taklif bizga ham ma’qul bo‘ldi.

Mazkur loyihani tayyorlash jarayonida O‘zbekistonning barcha viloyatlari iqlim sharoitini o‘rgandik. Qashqadaryo viloyatini tanlaganimiz bejiz emas. Bu hududda yetishtirilgan paxta tolasining pishiqligi, sohaga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarining mavjudligi e’tiborga olindi.

Joriy yilda 60 nafar kollej bitiruvchisini Xitoyga malaka oshirishga yuborishni rejalashtirganmiz. Bu ularning sohani chuqur o‘rganishida va samarali foaliyat boshlashida muhim omil bo‘ladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют