» » “Turon” harbiy teatri Chingiz Aytmatovning “Sarvqomat dilbarim” qissasini sahnalashtirdi (foto)

“Turon” harbiy teatri Chingiz Aytmatovning “Sarvqomat dilbarim” qissasini sahnalashtirdi (foto)


Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshida tashkil qilingan “Turon” harbiy teatr-studiyasi 3-mavsumni Chingiz Aytmatovning “Sarvqomat dilbarim” qissasi asosida ishlangan spektakl bilan ochdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Adib tavalludining 90 yilligiga munosib tuhfa bo‘lgan ushbu spektakl premyerasiga taniqli yozuvchi va shoirlar, teatr va kino aktyorlari tashrif buyurishdi.

Bu spektaklning teatr-studiya repertuaridan o‘rin olgan boshqa spektakllardan farq qiladigan jihati, u bor-yo‘g‘i uch personaj: Ilyos (Erkin Bozorov), Asal (Feruza Sobitova) va Hadicha (Ilmira Rahimjonova) obrazlari asosiga qurilganidir. Asardagi voqeliklar mana shu uchta obraz atrofida aylanadi. Inson qalb og‘riqlari, tuyg‘ulari harakatlar va ijro uyg‘unligida go‘zal tarzda ifodalangan spektakl asar mohiyatini to‘liq ochib berolgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Shuningdek, spektakl uchun ishlangan sahna bezaklari, dekoratsiyalar, spektakl davomida foydalanilgan qirg‘iz xalq qo‘shiqlari o‘sha davr ruhiyatini aks ettira olgani, o‘ziga xos milliy koloritni ochib bergani bilan tomoshabin e’tiborini tortdi.

Mazkur spektakl O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan sahnalashtirilib, xalq e’tiborga tortiq qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют