» » “Bosh rollarda Dev Adhikari, Dilnoza Kubayeva, Obid Asomov”. Hind kinoijodkorlari “O‘zbekkino” bilan hamkorlikda film suratga oldi (foto)

“Bosh rollarda Dev Adhikari, Dilnoza Kubayeva, Obid Asomov”. Hind kinoijodkorlari “O‘zbekkino” bilan hamkorlikda film suratga oldi (foto)


Alisher Navoiy nomli kino saroyida “O‘zbekkino” MA tomonidan suratga olingan 10 filmning ilk tizerlari premyerasi bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekkino” tarixida ilk marotada bo‘lib o‘tgan mazkur taqdimotda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.

Taqdimotda so‘zga chiqqan “O‘zbekkino” MA rahbarining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayevning ma’lumotlariga qaraganda, hindlar bilan hamkorlik masalasi eng avvalo O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Farhod Arziyevning tashabbusi bo‘lgan.

Hindlar bilan hamkorlikda suratga olingan “Shod-u xurramlikda” deb nomlangan filmda bosh rolni o‘ynagan Dev Adhikari ayni vaqtda film bosh prodyuseri ham hisoblanadi.

Shuhrat Rizayevning ma’lumotlariga qaraganda, Dev Adhikari Hindistonning Bengaliya qismida nihoyatda mashhur aktyordir. Film Bengal tilida yaratilgan bo‘lib, filmning Hindistondagi epizodlari Kalikuttada suratga olingan.

Filmning asosiy voqealari Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Filmda hind aktyorlaridan tashqari Obid Asomov, Muqaddas Xoliqova hamda Dilnoza Kubayeva singari o‘zbek akyor va aktrisalari bosh rollarni ijro etishgan.

Filmning O‘zbekistondagi prodyuseri rejissor Zulfiqor Musoqovning “Abdullajon” filmidagi Abdullajon roli bilan tanilgan aktyor Shuhrat Qayumov hisoblanadi.

“Shod-u xurramlikda” filmining Hindistondagi premyerasi 12-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan.

Respublika kinoprokat markazi matbuot xizmatining ma’lumotiga qaraganda, “Shod-u xurramlikda” filmining O‘zbekistondagi premyerasi dekabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют