» » O‘zbekistonda “O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekistonda “O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi


Xalq ta’limi vazirligi “O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqdi va uni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qonun loyihasi o‘qituvchilarning maqomini va pedagogik faoliyat prinsiplarini hamda o‘quvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha tizimni belgilab beradi.

Hujjatda o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmati kafolatlari belgilanadi. Xususan, o‘qituvchilarning ish haqidan qonunchilikda ko‘zda tutilmagan to‘lovlarni, jumladan, davriy nashrlarga obuna bo‘lish, asossiz maoshidan ushlab qolish taqiqlanadi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini majburiy mehnat, shahar va tuman hududlarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlariga, metallolom va makulatura yig‘ishga, qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy va shunga o‘xshash boshqa ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

Ota-ona o‘qituvchining professional majburiyatlari doirasiga kiradigan masalalarga asossiz aralashish huquqiga ega emaslar.

Qonun loyihasida o‘qituvchilarning ijtimoiy himoyasi va individual pedagogik faoliyatga doir huquqlarini belgilab berish ham ko‘zda tutilgan.

Xalq ta’limi vazirligi “O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini yanada takomillashtirish uchun barchani, jumladan, malakali pedagoglarni joriy yil 15-noyabrga qadar muhokamaga chorlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 16:45)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют