» » Termizda har ikki yilda bir marta Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkaziladi

Termizda har ikki yilda bir marta Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkaziladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-noyabr kuni “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zAda e’lon qilindi.

Prezident ushbu qaror bilan Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish taklifini ma’qullagan.

Hujjatda qayd etilishicha, ilk festival 2019-yilning 5—10-aprel kunlari o‘tkaziladi. Festivalga xorijiy davlatlardan taniqli folklorshunos olimlar, baxshi, shoir, oqin va jirovlar, ijodiy jamoalar, ommaviy axborot vositalari vakillari va faxriy mehmonlarni taklif etiladi.

Festival doirasida Termiz shahridagi “Surxondaryo san’at saroyi” davlat muassasasi maydoni hududida baxshichilik san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, 2018-yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom festivali o‘tkazilishi boshlandi. Samarqandda esa 1997-yildan beri har ikki yilda bir marta “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют