» » Adliya vazirligi oylikdan noqonuniy pul ushlab qolish holatlari yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi

Adliya vazirligi oylikdan noqonuniy pul ushlab qolish holatlari yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi


Adliya vazirligi oylik maoshlardan pul ushlab qolish holatlariga vaziyatga qonuniy baho berish maqsadida o‘rganish o‘tkazdi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘rganish davomida tasodifiy tanlov asosida 729 muassasa (tibbiyot, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari) tasodifiy tanlov asosida tanlanib, o‘rganildi.

O‘rganish natijasi kutilganidan ko‘ra yomonroq, ya’ni noqonuniylik avj olganini ko‘rsatdi. Ish beruvchilarning xodimlar ish haqidan noqonuniy ravishda ushlab qolishi deyarli odatga aylangan. Boshqacha aytganda, o‘qituvchi, tarbiyachi, shifokor, hamshira kabi kasb sohiblarining oylik ish haqidan ularning roziligisiz kommunal to‘lovlarga o‘tkazishdek noqonuniy amaliyot yo‘lga qo‘yilgan.

O‘rganish davomida 345 mingdan ortiq qonunbuzarlik holati aniqlangan. Ularning yarmi Farg‘ona vodiysida joylashgan viloyatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Xususan, 237 ming 434 (69 foiz) xodimdan ish haqi ularning roziligisiz ushlangan. 37 ming 696 (11 foiz) holatda ularning ishda bo‘lmagan vaqti, ya’ni kasallik, ta’til, xizmat safari va boshqa holatlarda ish haqining 60—70 foizi ushlab qolingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlarida ham bunday qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Ish haqining 70 foizigacha ushlab qolingan holatlar uchragan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, adliya idoralari tomonidan tegishli idoralarga aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli hujjatlar kiritildi. Shundan 277 tasi ma’muriy, 2 tasi jinoyat ishi bilan bog‘liq.

Har bir fuqaro mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, va pirovardida munosib ish haqi olish huquqiga ega. Xodim maoshining bir qismi faqat uning yozma roziligi bilan ushlanishi mumkin.

Adliya vazirligi barcha fuqarolarga o‘z huquqini bilishni, ish haqidan noqonuniy ravishda ushlab qolingan taqdirda “Ishonch telefoni” — 1008 yoki adliya bo‘limlari, ijtimoiy tarmoqlardagi adliya guruhlariga murojaat qilishni so‘raydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют