» » Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar berdi

Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar berdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda maktablar binosi, ularning moddiy-texnik bazasi holatiga e’tibor qaratildi. Maktablarda 11 yillik tizimga o‘tilgach, o‘quvchilar soni 1 millionga ortgan. Bugungi kunda 138 ta maktab filiali o‘z binosiga ega emas, 55 ta filialda o‘quvchilar soni me’yoridan yuqori.

Prezident belgilangan maktablardagi qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlash, markazlashgan investitsiya mablag‘lari hisobidan ularni jihozlash kerakligini ta’kidladi.

Hududlar talabidan kelib chiqib, litsey va kollejlarning bo‘shagan binosini joriy yil oxiriga qadar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazish, 2019 yil 1 yanvargacha joylardagi maktab filiallarini asosiy maktabga aylantirish, maktab avtobuslari bilan tizimli ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda maktablarda bilim berish va o‘zlashtirish darajasi bugungi zamon talablariga mos emasligi tanqid qilindi. 10-11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etish va ularni jihozlash ishlari qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Mamlakatda xorijiy tajriba asosida xususiy maktablarni rivojlantirish istiqbolli vazifalardan ekani qayd etildi.

Yig‘ilishda maktablarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarining borishi ham muhokama qilindi. Xalq ta’limi va Moliya vazirliklari mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2 hafta muddatda maktablarni kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyorlash choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют